Ushbu klaviatura terilmalari Ilya Birmanning tipografik terilmasi asosida yaratilgan. Imkoni boricha original va Birman sxemasidagi belgilar saqlab qolingan.
Ushbu klaviatura terilmalari oʻzbekcha alifbolardagi harflar va belgilarni Ilya Birman tipografik terilmasi bilan birlashtiradi. Ilya Birman terilmasi turli maxsus belgilarni oson kiritish imkoniyatini beradi. Masalan, Alt va < orqali « belgisini terish mumkin.
Terilmalarning oʻzgartirish mumkin boʻlgan fayllari source
papkasi ichida. macOS va Windows uchun qilingan terilmalar faqat shu tizimlardagina oʻzgartirilishi mumkin.
Terilma dizayni source/layouts.sketch
faylida (Sketch dasturi kerak boʻladi).
- Ukelele dasturini oʻrnating.
- Ukelele orqali
source/macOS/Uzbek Typography Layouts.bundle
faylini oching. - Zarur oʻzgarishlarni qilib, shu dasturning oʻzidan terilmani tizimga oʻrnatish yoki reliz sifatida
DMG
faylga eksport qilish mumkin.
macOS menyu panelida chiqadigan ikonkalar uchun source/macOS/latin-layout-icon.icns
va source/macOS/cyrillic-layout-icon.icns
fayllari ishlatiladi.
- Microsoft Keyboard Layout Creator dasturini oʻrnating.
source/Windows
papkasi ichidagi zarur fayl (qaysi terilma kerakligiga qarab) shu dastur orqali ochiladi.- Reliz eksport qilinganda dastur yangi papka yaratadi va uning ichidagi
setup.exe
faylini ishga tushirish orqali terilmani oʻrnatish mumkin.
Ushbu terilmada asosiy eʼtibor qaratilgan:
- Oʻ va Gʻ harflari uchun ishlatiladigan ʻOkina (modifier letter turned comma) belgisi apostrof oʻrniga qoʻyilgan: bu belgi tipografik tomondan birtirnoqdan koʻra toʻgʻri: tinish belgisimas va soʻzni boʻlmaydi;
- tutuq belgisi uchun qoʻllaniladign modifikator apostrof (modifier letter apostrophe) “gravis” oʻrniga qoʻyilgan (
esc
tagiga): bu belgi ham yuqoridagi kabi tipografik tomondan toʻgʻri; - ushbu terilma 1993-yildagi oʻzbek va hozirgi turk, ozarbayjon, turkman alifbolarida ishlatiladigan harflarni ham oʻz ichiga olgan: Ŏ, Ğ, Ş, Ç, İ (
alt
bilan teriladi).
Qolgan barcha oʻzgarishlar quyidagi illyustratsiyada keltirilgan:
Ushbu terilma kirill alifbosi uchun yechadigan muammolari:
- macOS uchun bunaqa terilma umuman mavjud emas;
- Ғ va Ҳ harflari
-
,_
,+
,=
belgilarni qulay terish imkoniyatini bermaydi, qiyin; ushbu terilma esaalt
orqali ularni terish imkoniyatini beradi; - Ў va Қ harflari almashtirgan ruscha harflarni ham yuqoridagi kabi terish mumkin;
- Yuklab oling: uzbek-typography-layouts-macOS.dmg
- Yuklab olingan faylini oching.
Uzbek Keyboard Layouts.bundle
fayliniDrag here to install
nomli yorliqqa yuboring (faylni sudrab yorliq ustiga tashlaysiz).- System Preferences ichidan Keyboard → Input Sources ekraniga oʻtasiz.
+
tugmasini bosib roʻyxatdan yangi terilmalarni qoʻshasiz (xuddi boshqa terilmalarni qoʻshgandek). Ushbu terilmalar roʻyxatda oʻzbek tili sifatida chiqadi.
- Yuklab oling: uzbek-typography-layouts-windows.zip
- Arxivni ochganingizdan soʻng ikkita papka paydo boʻladi: uzbek-cyrillic-typography-layout-2.0 va uzbek-latin-typography-layout-2.0.
- Mos papkaga kirib
setup.exe
faylini ishga tushirasiz. - Kompyuterni oʻchirib=yoqish talab qilishi mumkin.